17:44 / 27.11.2015
4341

«Gent» – «Zenit». Gent meri Rossiya va Turkiya munosabatlari sovuqlashgani tufayli bu o‘yinga peterburglik muxlislar kirishini taqiqlamoqchi

Belgiyaning Gent shahri meri Daniel Termon Yevropa chempionlar ligasining 6-turidan o‘rin olgan «Gent» – «Zenit» uchrashuvida mehmon jamoa muxlislari qatnashmasligini ta'minlamoqchi. Bu haqda VTM nashri xabar tarqatdi.

«Mening bu qarorimga asosiy sabab – yaqindagina sodir bo‘lgan Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi voqealar. Gentda juda ko‘p turk diasporasi istiqomat qilishadi. «Zenit» muxlislari esa bunga yomon munosabatda bo‘lishlari mumkin».

«Bu oson bo‘lmagan qaror. Ammo men shahar xavfsizligi uchun mas'ul sifatida shunday qilishga majburman», – deya gapirib o‘tgan Termon.

Shuningdek yana bir sabab sifatida o‘sha kunlarda shahar bayrami bo‘lib o‘tadi. Politsiya bunday vaziyatlarda xavfsizlikni ta'minlay olmasligidan xavotirlanmoqda.

Bundan tashqari, Gent meri «Zenit» muxlislarining shaharga tashrif buyurishlarini taqiqlash qonunchilikka qay darajada to‘g‘ri kelishini anqlash bo‘yicha ham ko‘rsatma bergan.

Yuqorida nomi keltirilgan manbaning bergan ma'lumotiga ko‘ra, Belgiya qonunchiligida bundan foydalanish imkoniyati yo‘q.

Top