01:00 / 27.11.2015
3381

Moskva viloyatida trotil va to‘pponchalarga ega ikki nafar tojikistonlik qo‘lga olindi

Moskva viloyatining Leninsk tumanida politsiyachilar trotil portlovchi moddasi va to‘pponchalarga ega, hech qayerda ishlamaydigan ikki nafar tojikistonlikni qo‘lga oldi. Bu haqda TASS axborot agentligiga Rossiya IIV rasmiy vakili Yelena Alekseyeva ma'lum qildi.

“Rossiya IIV jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari Rossiya IIVning Moskva viloyati bosh boshqarmasi va Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Moskva va Moskva viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda Leninsk tumanida ikki nafar hech qayerda ishlamaydigan Tojikiston fuqarosini qo‘lga oldi. Ularning yonidan Makarov rusumidagi uchta to‘pponcha va unga 50 taga yaqin patron tortib olindi”, deb aytdi Alekseyeva.

Qo‘lga olinganlardan biriga tegishli avtomobil tintuv qilinganda 171,3 gramm trotil moddasi topilgan.

“Tortib olinganlar kriminalistlar tomonidan o‘rganib chiqiladi. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, deb qo‘shimcha qildi rasmiy vakil.

Top