20:02 / 27.11.2015
3181

Nissan Tiida xetchbekining yangi versiyasi Xitoyda suratga olindi

Nissan kompaniyasi Tiida xetchbekini Xitoy bozori uchun yangiladi. Modelning “josuslik” fotosuratlari Car News China nashri tomonidan chop etildi.
Reystaylingdan so‘ng mashina kuzovining old qismi to‘la o‘zgardi. Old chiroqlar, bamper, falshradiator panjarasi va kapot boshqacha qiyofaga ega bo‘ldi. Orqada yangi chiroqlar o‘rnatildi.


Xitoyda Nissan Tiida ikki dvigatel bilan sotiladi: atmosferali va turboli 1.6 l li, quvvatlari, muvofiq ravishda, 126 va 190 ot kuchiga teng. Restayling motor gammasiga ta'sir qilmadi.
Model sotuvlari 2016 yilning birinchi choragida boshlanadi.

Top