00:42 / 27.11.2015
3515

Poroshenko ikkinchi muddatga prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ikkinchi muddatga prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytdi. U bu haqda Gollandiyaning NRC Handelsblad nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Men prezident sifatida birinchi yoki ikkinchi muddatdan keyin Ukraina nomidan Yevropa parlamentining a'zosi bo‘lishni orzu qilaman”, deb aytdi Poroshenko.

Poroshenkoning amaldagi prezidentlik muddati 2019 yilda nihoyalanadi, bundan keyin u yana 5 yillik muddatga, ya'ni 2024 yilgacha qayta saylanish huquqiga ega bo‘ladi.

Top