09:49 / 27.11.2015
4740

Qarshida pornografik va litsenziyalanmagan disklarni sotish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida pornografik va litsenziyalanmagan disklarni sotish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, aka-uka Nodir va Bobur Turdiyevlar Shohista Soatova bilan kelishgan holda litsenziyalanmagan xizmatlar ko‘rsatishni yo‘l qo‘yishgan. Shu maqsadda ular Qarshi shahridagi Xo‘jaxiyol mahallasidagi xonadonlardan birini ijaraga olib, litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanishgan. Zo‘ravonlik, shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi va pornografik mazmundagi filmlar yozilgan disklarni sotib, bu faoliyatdan olingan daromadni rasmiylashtirishmagan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ular ijaraga olgan uy ko‘zdan kechirilib, disklarni sotishdan tushgan 2 mln so‘m hamda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

Top