19:17 / 27.11.2015
3980

Qozog‘istonda besh bolali yolg‘iz ona yotoqxonaning omborxonasida yashamoqda

Qozog‘istonning Aktobe viloyatida ko‘p bolali yolg‘iz ona o‘z farzandlarini yotoqxonaning sakkiz kvadrat metrli omborxonasida yashamoqda. Ikki farzandi esa og‘ir kasal, deya xabar bermoqda KTK.

Mazkur mitti xonada Gulmira Shabdarova besh bolani voyaga yetkazmoqda. Eng kichigi – uch yoshli o‘g‘li – nogironlik nafaqasini olishi lozim. Hozirda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Uning psixologik o‘sishida muammolar bor. Katta qizi esa epilepsiya bilan kasallangan. Bolalar doimiy parvarishga muhtoj.

Biroq Gulmira farzandlaridagi yetishmovchiliklar emas, ko‘proq ko‘chada qolishdan qo‘rqadi. Ular yashayotgan uy muqaddam yotoqxonaning omborxonasi bo‘lgan. Amaldorlar ularni bu yerga vaqtinchalikka joylashtirishgan. Har safar eshik taqillaganida ayod xavotirga tushadi: ishqilib hokimiyatdan bo‘lishmasin...

“Men uy so‘ramayman. Faqatgina shu xonani nomimga rasmiylashtirishsa kifoya, boshqa hech narsa kerak emas”, - deya yig‘laydi Gulmira.

Gulmiraning sobiq turmush o‘rtog‘i allaqachon unga yordam bermay qo‘ygan. Kichik farzandining kasalligi to‘g‘risida xabardor bo‘lganidan so‘ng oilasini tashlab ketdi.

Hokimiyatdagilar esa unga qo‘ldan kelgancha yordam qilishga va'da berishgan: farzandlarining hujjatlarini rasmiylashtirishdi, ularga ijtimoiy nafaqa to‘lashmoqda. Doimiy yashash joyi masalasi esa sud orqali hal etiladi.

Top