08:03 / 27.11.2015
4465

Tojikiston Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga umid bildirdi

Tojikiston Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga umid bildirdi, deb aytilmoqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bergan bayonotda.

“Tojikiston aksilterrorchilik operatsiyasida ishtirok etayotgan Rossiya harbiy samolyotining 24 noyabrda urib tushirilgani bilan bog‘liq noxush voqeani afsus bilan qabul qildi va halok bo‘lgan harbiylarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, deyilmoqda bayonotda.

Vazirlikda xalqaro darajada terrorchilikka qarshi kurashda yakdillik, birdamlik va o‘zaro ko‘mak muhimligi ta'kidlab o‘tildi.

Ta'kidlanishicha, bu talqinda Rossiya tomonidan o‘tkazilayotgan aksilterrorchilik kampaniyasi muhim o‘rin tutadi.

Tojikistonda Rossiyada ko‘ngilsiz voqeaga Rossiya va Turkiya o‘rtasida yomonlashgan munosabatlarning yaxshilanishi va vaziyatni yumshatishga ko‘mak beruvchi xolis baho berilishiga umid bildirildi.

Avvalroq Ozarbayjon hukumati Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi ixtilofni hal qilishda yordam berishni taklif qildi.

Top