10:17 / 27.11.2015
8543

Toshkentda avtomobillar tirbandligi tufayli poyezd kutib turdi (foto)

Toshkentning Sergeli tumanidagi temiryo‘l kesishmasiga chiqib ketgan mashinalar tufayli o‘nlab vagonlardan iborat poyezd sostavi to‘xtashga majbur bo‘ldi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhi foydalanuvchilari ma'lum qilishgan.

Guvohlarning aytishicha, bu holat yuzaga kelgunicha, temiryo‘l kesishmasi bir marta yopilib, ikki sostav o‘tkazib yuborilgan.

"25 daqiqacha tirbandlikda kutib turdik", deb yozadi fotoxabar muallifi.

Mazkur temiryo‘l kesishmasiga yaqin joyda istiqomat qiluvchilar bu kabi holatlar avval ham kuzatilganini bildirishgan.

Top