00:20 / 27.11.2015
5632

Turkiya OAVlarda Su-24 uchuvchilarini ogohlantirgani haqidagi yozuvni tarqatganini tasdiqlamadi

Turkiya Rossiya attashesiga OAVlarda turk samolyoti F-16 ekipaji bilan Rossiyaning Su-24 samolyoti uchuvchilari o‘rtasidagi audiomuzokaralarni tarqatmaganini ma'lum qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Turkiya bosh shtabining vakillari OAVlarda bunga o‘xshash qandaydir materiallarni tarqatmaganini ma'lum qildilar. Unday bo‘lsa, bu ba'zi OAVlarda paydo bo‘lgan turk uchuvchilarining bizning ekipaj bilan muzokaralarining audioyozuvi qalbaki ekanligining yana bir isbotidir. Yana noma'lum manba yoki qandaydir radiohavaskorlarga iqtibos keltirilmoqda”, deb aytdi Konashenkov.

Avvalroq Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova matbuot-anjumanida turk tomonidan tarqatilgan Su-24 samolyotiga ogohlantirish qayd qilingan yozuv montaj qilinganini ma'lum qilgandi.

Top