08:18 / 27.11.2015
6553

Turkiyaning Suriya jangarilariga qurol yetkazib bergani haqida yozgan jurnalistlar qamoqqa olindi

Turkiya sudi Cumhuriyet gazetasi bosh muharriri Jan Dyundar hamda muxbir Erdem Gulni hukumat tomonidan Suriyadagi jangarilarga qurol yetkazib berilayotgani haqidagi maqola uchun qamoqqa olishga hukm chiqardi. Bu haqda Assoshieyted Press nashri xabar tarqatgan.

Jurnalistlar bu maqolada Turkiya hukumatini terrorchilar foydasi uchun faoliyat ko‘rsatish va josuslik qilishda ayblagandi. Bu maqola 2015 yilning mayida chop etilgan va unda Turkiya Suriyadagi jangarilariga qurol yetkazib berayotgani aytilgan.

Top