10:16 / 27.11.2015
3553

XXR masofaviy zondlash yo‘ldoshini uchirdi

Xitoy shimolidagi Tayyuan kosmodromidan Yer yuzini masofaviy zondlashga mo‘ljallangan “Yaogan-29” sun'iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli uchirildi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, kosmik apparat ekin maydonlari, tabiiy resurslarni o‘rganish bilan, tabiiy ofatlardan oldindan ogohlantirish bilan shug‘ullanadi.
Bu turdagi birinchi yo‘ldosh – “Yaogan-1” 2006 yili uchirilgan edi.

Top