11:31 / 28.11.2015
4873

Braziliya prezidenti mablag‘ yetishmovchiligi tufayli Yaponiyaga safarni bekor qildi

10 mlrd real (2.6 mlrd dollar) miqdordagi byudjyet mablag‘larini muzlatib qo‘yish haqida qaror qabul qilinganidan so‘ng Braziliya prezidenti Dilma Russeff 2-4 dekabrga mo‘ljallangan Yaponiya safarini bekor qildi. Bu haqda uning rasmiy vakili xabar berdi.

Hukumat xarajatlari rejasini o‘zgartirish bo‘yicha qonun loyihasi Milliy kongressda ma'qullanmagani bois rahbariyat ilgarigi rejadagi moliyaviy ko‘rsatkichlar tushib ketmasligi uchun byudjyet mablag‘larining bir qismini muzlatib qo‘yishga qaror qildi.

“Bu moliyaviy emas, byudjyet muammosidir. Dekabrdan boshlab hukumat mustaqil xarajatlarni amalga oshira olmaydi, davlatning ishlashi uchun birlamchi ahamiyatga ega xarajatlar bundan mustasno”, - matbuot xizmatining so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.

Top