08:13 / 28.11.2015
4173

Checheniston IIVda politsiyachilarning tilovatlari hisobga olinishi haqidagi xabar “ig‘vo” ekanligi aytildi

Checheniston Ichki ishlar vazirligi politsiyachilar tomonidan Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning haqlariga o‘qilgan tilovatlar soni hisobi yuritilishi haqidagi axborotni rad etdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

“Ibodat qilish va boshqa diniy majburiyatlarni ado etish har bir dindorning ishlash joyi va egallagan lavozimidan qat'iy nazar shaxsiy ishidir. Checheniston IIV bunday ma'lumotlarni yig‘maydi. Bunday ishlar bilan Checheniston IIV organlari va bo‘linmalari boshliqlari ham shug‘ullanmaydi. Internetda paydo bo‘lgan bu xabarni ig‘vodan boshqa narsa deb bo‘lmaydi”, deyildi vazirlik matbuot xizmatida.

IIVda hozirda ushbu xabarni tarqatgan manbani qidirish bo‘yicha tekshiruv olib borilayotgani ma'lum qilindi.

Avvalroq chechenistonlik politsiyachilarga Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning haqlariga tilovat qilish majburiyati qo‘yilgani haqidagi xabar paydo bo‘lgandi. Xabarda aytilishicha, IIVning har bir xodimi 300 mingta qisqa tilovat o‘qishi shart qilib qo‘yilgan.

Top