01:41 / 28.11.2015
3695

Checheniston parlamenti OAVlarda terrorchilarning millatini eslatishni taqiqlashni taklif qilmoqda

Checheniston parlamenti Rossiya davlat dumasiga OAVlarda terrorchilik faoliyatiga aloqador bo‘lgan kimsalarning milliy va diniy mansubligi haqidagi ma'lumotni berishni taqiqlash haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun topshirdi, deb aytilmoqda qonunchilik organining xabarida.

Qonun loyihasiga berilgan izohda rossiyaliklarning terrorchilar tomonida ishtirok etish holati IShIDning OAV va internet orqali faol mafkuraviy tashviqoti natijasi hisoblanishi aytilgan.

Chechenistonlik qonun chiqaruvchilar IShID a'zolarini “islom terrorchilari, “islom davlati vakillari” deb hisoblashni noto‘g‘ri deb hisoblashmoqda.

“Bu bilan vahshiyliklar va tinch aholini o‘ldirish, muqaddas qadamjolar va arxitektura yodgorliklarini vayron qilish bilan shug‘ullanuvchi IShIDning asl tabiati va mohiyati buzib ko‘rsatiladi”, deyilmoqda xabarda.

Deputatlarning fikricha, IShID tomonidan aytiluvchi islomga sodiqlik haqidagi gaplar tashviqot usuli hisoblanadi.

Avvalroq Davlat dumasining millatlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi boshlig‘i Gajimet Safaraliyev terrorchilarni “islomchilar” deb atamaslikni so‘ragandi.

Top