AQSh prezidenti lavozimiga nomzod milliarder Donald Trampning reytingi bir haftadan kamroq vaqt ichida keskin tushib ketdi, deb xabar bermoqda Ipsos mraketing va ijtimoiy tadqiqotlar xalqaro instituti o‘tkazgan so‘rovnoma ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. So‘rovnomaga ko‘ra, Trampning reytingi 5 kun ichida 43 foizdan 31 foizga tushib ketgan.
Bunday keskin pasayish Trampning Parijdagi teraktlardan keyin aytgan so‘zlari bilan bog‘lanmoqda. O‘shanda Tramp agar prezident etib saylansa, AQSh hududida yashovchi musulmonlar uchun maxsus ma'lumotlar bazasini kiritishini aytgan. Shuningdek, Trampning fikricha, terrorchilar uchun suvga cho‘ktirish orqali qiynash usulini qaytarish kerak. Trampning ta'kidlashicha, AQShlik musulmonlar 11 sentabrdagi teraktlarni olqishlashgan.