21:51 / 28.11.2015
12636

Erdo‘g‘an Parijdagi anjumanda Rossiya bilan munosabatlardagi inqirozni muhokama qila olishini aytmoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiyani ikki tomonlama munosabatlardagi inqirozni ijobiy ko‘rinishda muhokama qilishga chaqirdi.

“Biz Rossiyaga “Keling oramizdagi bu mavzularni chegaralarimiz ichida muhokama qilaylik, javob topaylik” demoqdamiz” deb aytdi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning fikricha, “Parijdagi iqlim bo‘yicha anjuman buning uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin”. “Balki bunday muzokaralarni o‘tkazish imkoni paydo bo‘lar. Agar Rossiya Turkiya uchun muhim bo‘lsa, unda Turkiya ham Rossiya uchun muhimdir. Biz buni istamoqdamiz va bunga umid qilamiz”, deb ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘an Anqara “Rossiya bilan xalqaro formatda va diplomatik kanallar orqali ishlashni davom ettiradi” deb qo‘shimcha qildi.

Turkiya prezidenti Rossiya samolyoti bilan yuz bergan voqea yana takorlanmasligiga umid bildirdi. “Men haiqatan ham yuz bergan voqeadan qayg‘udaman. Biz buni istamagandik. Biroq bu sodir bo‘ldi. Men bunday voqealar takorlanmasligini tilab qolaman”, deb aytdi Erdo‘g‘an. Uning aytishicha, Turkiya “tomonlar ushbu vaziyatni hal qilishda ijobiy yondashuvlarni namoyish qilishlari tarafdori bo‘lib chiqmoqda”.

“Munosabatlarimizdagi bu vaziyat yanada keskinlashishi va ehtimol kelajakda yanada ayanchli oqibatlarga olib kelmasligi kerak. Turkiya hech qachon keskinlikning tarafdori bo‘lmagan va bulmaydi ham. Biz munosabatlarimizda xavfsiz kelajakni istamoqdamiz va bu bilan olg‘a harakat qilamiz”, deb ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.

Top