23:10 / 28.11.2015
3021

Futbol bo‘yicha 1966 yilgi jahon chempioni Jyerri Bern olamdan ko‘z yumdi

Futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasi va “Liverpul” klubining sobiq himoyachisi, ingliz futboli afsonasi Jyerri Bern 77 yoshida olamdan ko‘z yumdi, deb xabar berilmoqda Angliya federatsiyasi rasmiy saytida.

Sobiq futbolchi “Liverpul” tarkibida Angliyaning ikki karra chempioni, bir marta Angliya kubogi sohibi, uch marotaba Angliya superkubogi sohibi bo‘lgan ham klub uchun umumiy hisobda 333 ta o‘yin o‘tkazgan.

1965 yilda Bern Angliya kubogi finalida o‘mrov suyagi singan holda 83 daqiqa davomida maydonda to‘p surgan. O‘shanda uning klubi “Uembli” stadionida “Lids Yunayted”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, kubok sohibi bo‘lgan.

Bern 1966 yilda Angliya milliy jamoasi tarkibida jahon chempionatini yutgan, biroq bu chempionatda birorta uchrashuvda maydonga tushirilmagan. 2009 yilda u o‘sha jahon chempionati uchun Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritilib, biroq final uchrashuvida ishtirok etmagan boshqa futbolchilar bilan birga oltin medal bilan taqdirlangan.

Top