23:18 / 28.11.2015
6272

Iroq shimolida IShID qurbonlarining minalashtirilgan ommaviy qabristoni aniqlandi

Iroq shimolida IShID terrorchilik guruhi qurbonlari bo‘lgani ehtimol qilingan 120ga yaqin odamning qoldiqlari bo‘lgan minalashtirib qo‘yilgan ommaviy qabriston aniqlandi, deb mahalliy xokimiyat vakili Momo Xalilga iqtibos keltirgan holda xabar berdi The Daily Star nashri.

Xalilning ma'lum qilishicha, Sinjar shahri IShID jangarilaridan ozod etilgandan so‘ng bu shahar yaqinida topilgan shunday 6-qabristondir.

U yana shuni qo‘shimcha qildiki, qabristonda katta miqdorda bomba aniqlangan.

Top