13:10 / 28.11.2015
4153

KXDRdagi telefon kompaniyasiga raqamlarga Kim Ir Senning tug‘ilgan yilini qo‘shish haqida ko‘rsatma berildi

Shimoliy Koreyaning asosiy telefon kompaniyalaridan biri bo‘lgan Koryolink operatorlarning telefon raqamlaridagi bosh sonlarni shunday o‘zgartirdiki, ular KXDR asoschisi Kim Ir Senning tug‘ilgan yiliga muvofiq keldi. Bu haqda Daily NK xabar bermoqda.

Aytilishicha, Koryolink Misrning Orascom firmasi bilan hamkorlikda davlatning janubiy qismida, shu jumladan, Pxenyanda xizmat ko‘rsatadi. Shimoliy viloyatlarga xizmat ko‘rsatadigan Kansung Net provayderiga bunday talab qo‘yilmadi.

Ilgari telefon raqamlarining dastlabki sonlari 191 edi. Hozir ular Kim Ir Senning tug‘ilgan yiliga mos keladi – 1912.

Top