13:40 / 28.11.2015
5325

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish korxonalaridan yagona soliq tushumi 25,4 foizga oshdi

27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha, majlisda deputatlar mamlakatimiz Konstitutsiyasida Qonunchilik palatasiga berilgan vakolatlarga muvofiq Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlarining 2015 yil 9 oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini batafsil ko‘rib chiqdilar.

– Joriy yilning 9 oyi mobaynida iqtisodiyotda erishilgan ijobiy-tarkibiy siljishlar, sifatli o‘zgarishlar va tendensiyalar uning barqaror hamda mutanosib rivojlanishini ta'minladi va Davlat byudjyetini profitsit bilan ijro etish imkonini berdi, – deydi Byudjyet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a'zosi S. Namozov.– Ta'kidlash lozimki, mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli tobora oshib borayotganligi iqtisodiyotning barqaror sur'atlarda o‘tishini ta'minladi.

Shuningdek soliq yuki sezilarli kamayib borayotganligi sharoitida kichik korxonalar va mikrofirmalardan yagona soliq to‘lovi tushumlari o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 22,9 foizga, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan esa 25,4 foizga oshdi. Bu tatbiq etilayotgan soliq imtiyozlari va preferensiyalarning samaradorligidan dalolat beradi.

Top