10:00 / 28.11.2015
3724

O‘zbekistonlik kurashchi Bekzod Abdurahmonov Bokudagi Oltin Gran-pri g‘olibi bo‘ldi

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Bekzod Abdurahmonov Bokuda o‘tkazilayotgan, Ozarbayjonning sobiq prezidenti Geydar Aliyev xotirasiga bag‘ishlangan Oltin Gran-pri finali g‘olibi bo‘ldi.

2014 yilgi jahon chempionatining bronza medali sohibi Abdurahmonov 70 kg gacha vazn toifasidagi bellashuvlar finalida mezbon kurashchi To‘g‘rul Askerovni mag‘lub etib, oltin medal sohibiga aylandi. 29 noyabrda yunon-rum kurashi uslubida ishtirok etuvchi sportchilarimiz Elmurod Tasmurodov (59 kg), Nurbek Xolmuxammatov (71 kg), Dilshodjon Turdiyev (75 kg), Jonibek Otabekov (80 kg) va Rustam Ossoqolov (85 kg) bellashuvlarni boshlaydilar.

Top