16:47 / 28.11.2015
5888

Qatar hukumati JCh-2022ning bir qancha obektlari quruvchilari mamlakatni tark etishini taqiqlab qo‘ydi

Qatar hukumati futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon Chempionatiga tayyorgarlik doirasida qurilayotgan bir qancha obektlar quruvchilari mamlakatni tark etishini man qildi. AR agentligining ma'lum qilishicha, taqiq ro‘yxatiga qurilish kompaniyalari rahbarlari, pudratchilar va muhandislar kirgan.

Bunday qaror “Hamad” aeroporti tomida sodir bo‘lgan ko‘ngilsizlikdan so‘ng qabul qilindi. Qatar poytaxti Doxada kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ushbu bino tomidan chakki oqa boshladi.

Taqiq bu voqea yuzasidan o‘tkazilayotgan surishtiruv oxiriga qadar ishlaydi.
Aeroport 2014 yil 30 aprelida ishga tushirilgan bo‘lib, u ChJ infrastrukturasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Loyiha realizatsiyasiga 15 mlrd dollar sarflangan edi.

Top