19:09 / 28.11.2015
2560

Qirg‘izistonda ipoteka va iste'mol kreditlarining dollarda berilishi taqiqlanishi mumkin

Qirg‘izistonda ipoteka va iste'mol kreditlarining dollarda berilishi taqiqlanishi mumkin. Milliy bank bu borada ayrim qonunchilik hujjatlariga kiritilishi lozim bo‘lgan o‘zgartishlar loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.

Xususan, tijoriy banklarda kredit tahdidlarini boshqarishning minimal talablari bo‘yicha me'yorlarni o‘zgartish ko‘zda tutilmoqda. Hujjat bank va kredit ittifoqlari tomonidan ipoteka va iste'mol kreditlarining dollarda berilishini to‘laligicha man qilishni ko‘zda tutadi.

Tushuntirilishicha, loyiha bankning valyuta tahdidlarini minimum darajagi tushirishga qaratilgan, negaki bugungi valyuta bozoridagi beqarorlik oqibatida banklar jiddiy zarar ko‘rishi mumkin.

Shuningdek, ko‘zda tutilgan choralar Qirg‘iziston iqtisodiyotining dollarizatsiya darajasini tushirish tadbiri doirasida amalga oshiriladi.

Top