08:58 / 28.11.2015
2227

Shvetsiya Iroq shimoliga parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatdi

Shvetsiya transport agentligi Iroqning shimoliy qismidagi aeroportlar bilan aviaaloqalarni vaqtinchalik to‘xtatib turishga qaror qildi. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, bunga mintaqada harbiy harakatlarning jadallashishi sabab bo‘lgan.

Bu Iroq shimolidan Shvetsiyaga parvoz amalga oshiruvchi bir qancha aviakompaniyaga daxldor axborotdir. Ular orasida Eronning Air Zagros, Iroqning Iraqi Airways, Germaniyaning Germania kompaniyalari bor.

“Bizning qarorimiz Iroqqa borishni istagan sayyohlarga ta'sir qilishini bilamiz. Ammo biz yo‘lovchilarning xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yamiz”, - tushuntirdi agentlik vakili Simon Posluk.

Top