00:02 / 29.11.2015
2995

Eron “Lukoyl” bilan shartnoma tuzishini e'lon qildi

Eron hukumati 28-29 noyabrda 50 ta neft va gaz konini o‘zlashtirish bo‘yicha umumiy qiymati 30 mlrd dollarlik shartnomalar tuzishga tayyorlanmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi. Eron neft-gaz majmuasiga eng yirik investorlardan biri Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi bo‘lishi kutilmoqda.

“Ko‘plab Yevropa va Osiyo kompaniyalari qiziqish bildirmoqda”, deb aytdi Eron neft vaziri Bijon Nomdor Zongoniy. Zongoniyning aytishicha, gap jumladan “Lukoyl”, Total, Royal Dutch Shell va Eni kabi kompaniyalar haqida ketmoqda. “Lukoyl”da ushbu xabarga izoh berishmadi, deb xabar bermoqda Rambler News Service agentligi.

Total kompaniyasining Yaqin Sharqdagi razvedka va qazib olish bo‘yicha boshlig‘i Stefan Mishel kompaniya sanksiyalar olinsa va shartnomalar maqbul bo‘lsa Eronga qaytishdan manfaatdor bo‘lishini aytdi. “Biz bu davlatda uzoq vaqt ishlaganmiz, shuning uchun biz avval ishlagan ba'zi konlar bilan tanishmiz”, deb aytdi Mishel.

Top