Kecha Vladimir Klichko ustidan g‘alaba qozongan britaniyalik bokschi Tayson Fyuri boksda yangi davr boshlanganini ta'kidlab o‘tdi.
“Klichko buyuk chempion edi, lekin hammaning o‘z davri bor. Bugun yangi asr boshlandi”, - dedi u VVS bilan muloqot chog‘ida.
“Men o‘zimga ishonardim, ammo boshqalar menga teskarisini uqtirishga intilardi. Faqat jamoam va oilam buni qila olishimga ishonardi”, - so‘zida davom etdi yangi jahon chempioni.