17:27 / 29.11.2015
2104

Keniyalik 7 nafar yengil atlet doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi

Keniya yengil atletika federatsiyasi dopingga qarshi qoidalarni buzgan 7 nafar sportchini barcha musobaqalardan chetlashtirdi. Ro‘yxatga kross bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Emili Chebet ham kirdi. Organizmida furosemid izlari topilgan qiz 4 yilga barcha musobaqalardan chetlashtirildi.

Joys Zakari va Koki Manunga ham shuncha muxlatga diskvalifikatsiya qilindi. Agnes Djyepkosgei, Bernar Mvendiya, Djudi Kimuge va Lilian Maritalarga esa 2 yildan muddat belgilandi.

Oxirgi 3 yilda Keniyada jami 40 nafar yengil atlet doping ichganligi fosh etildi.

Top