11:44 / 29.11.2015
8744

OAV: Turkiya mahalliy ishlab chiqaruvchilar yordamida havo mudofaasi tizimini rivojlantiradi

Turkiya hukumati mahalliy ishlab chiqaruvchilar kuchi bilan T-Loramids havo mudofaasi tizimini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Defense News portali xabar bermoqda.
Mahalliy amaldorning so‘zlariga qaraganda, bu ayni paytda mahalliy korxonalarni rivojlantirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadigan loyiha bo‘ladi. Ayni paytda, chet el texnologiyalaridan foydalanilishi ham mumkin.
Ishlanmalarni raketa ishlab chiqaruvchi Roketsan va mamlakatning eng yirik mudofaa firmasi bo‘lmish Aselsan olib borishi mumkin. Rocketsan vakilining qayd qilishicha, har ikki kompaniya ham T-Loramids loyihasi ustida ishlash uchun zarur muhandislik resurslariga ega.

Top