17:43 / 29.11.2015
3761

OAV: Xitoyda 47 avtomobil ishtirokidagi YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Xouma shahridagi (Shimoliy Xitoy, Shansi viloyati) tezkor trassada 47 avtomobil to‘qnashdi. “Sinxua” agentligining ma'lum qilishicha, buning oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi jarohat olgan.

Ayni paytda voqea joyi o‘rab olingan, dastlabki surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Top