09:10 / 29.11.2015
4698

Poroshenko Klichkoga Fyuriga qarshi o‘tkazgan uchrashuvi uchun minnatdorchilik bildirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bokschi Vladimir Klichkoga britaniyalik raqibi Tayson Fyuriga qarshi o‘tkazgan uchrashuvi uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Hayajonli jang! Vladimir, kurashganingiz uchun rahmat!”, - deb yozdi davlat rahbari Twitter’dagi sahifasida.
Klichko Fyuridan ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchradi. Bu bokschining 11 yil ichidagi birinchi mag‘lubiyatidir.

Top