16:29 / 30.11.2015
4017

Apple iPhone 7’da odatdagi quloqchin portlaridan foydalanmaydi

Apple kompaniyasi navbatdagi iPhone smartfonini avvalgilaridan yupqaroq qilish uchun harakat qilishmoqda. Bu haqda Mac Otakara blogi ma'lum qildi.

Bu smartfonni qalinligini 1 mm.dan ko‘proq qisqartirilishiga imkon yaratadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya quloqchin ulanadigan odatdagi 3,5-mm portdan voz kechmoqchi. Uning o‘rniga iPhone 7 smartfonida Lightning portidan foydalaniladi. Hozirda bunday portni qo‘llab-quvvatlaydigan quloqchinlar kam va ularning narxi ham qimmat turadi.

Kompaniya yangi smartfon komplektatsiyasida Lightning portni odatdagi portga aylantirib beradigan qo‘shimcha qurilma qo‘yishi haqida ma'lumotlar yo‘q. 

Top