09:06 / 30.11.2015
10961

Erdo‘g‘an yaqin fursat ichida Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma'lum qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Suriyadagi siyosiy inqiroz va Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilishi bilan bog‘liq holat yuzasidan fikr almashdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti saytida xabar qilingan.

Qayd etilishicha, Erdo‘g‘an bu suhbat davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin vaqt ichida uchrashishga tayyorligini yana bir bor ta'kidlagan.

O‘z navbatida, Nursulton Nazarboyev tomonlar vaziyatdan chiqish uchun zarur ishlarni amalga oshirishlariga umid bildirgan.

Biroz oldinroq, Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin hamda Rajab Toyib Erdo‘g‘an Parijdagi sammit doirasida uchrashishi mumkinligini istisno etmayotgani xabar qilingandi.

Top