08:09 / 30.11.2015
3973

Guantanamoda mahbuslar qurolli isyon ko‘tarishdi

Kubadagi Guantanamo qamoqxonasida mahbuslar tomonidan qurolli isyon uyushtirilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.

Reyter agentligi xabarida aytilishicha, mahbuslarning bir necha nafari Kalashnikov avtomatlarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Isyonni bartaraf etish uchun hududga qo‘shimcha qurolli kuchlar jo‘natilgan.

Biroz oldinroq, Barak Obama 2016 yil uchun mudofaa byudjyetini qabul qilgan, unda Kubadagi Guantanamo qamoqxonasini yopishga taqiqlov uzaytirilgandi.

Noyabr oyining ikkinchi yarmida AQSh Guantanamodagi besh nafar mahbusni BAAga jo‘natgani xabar qilingandi.

Undan oldinroq, AQSh Guantanamoning 50 dan ziyod mahbusini turli mamlakatlarga jo‘natishni rejalashtirayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Qamoqxona 2002 yilda kichik Jorj Bush davrida xavfli jinoyatchilikda gumon qilinganlar uchun tashkil etilgan. Ammo ushbu lager u yerdagi gumondorlarga nisbatan so‘roq qilishdagi kuch ishlatish usullari oshkor bo‘lanidan so‘ng jamoatchilik tomonidan norozilikka sabab bo‘ldi.

Top