01:00 / 30.11.2015
4768

Ispaniya chempionati: “Real” mehmonda “Eybar”ni mag‘lub etdi va turning qolgan uchrashuvlari natijalari

Ispaniya chempionatining 13-turi doirasida “Real” futbolchilari “Eybar” jamoasi mehmoni bo‘ldi. Qiziqarli kechgan bahsda Madrid jamoasi vakillarining qo‘li baland keldi va mehmonda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etilib, Garet Beyl va Ronaldu o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

Eybar” — “Real0:2
Gollar: Garet Beyl (43) 0:1, Ronaldu (82) 0:2.

Turning boshqa uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Malaga” — “Granada2:2
Gollar: Sharles (45) 1:0, Fornals (58) 2:0, El Arabiy (83) 2:1, Rochina (86) 2:2

Las Palmas” — “Deportivo0:2
Gollar: David Simon (19) 0:1, Lukas Peres (90+1) 0:2

Selta” — “Sporting2:1
Gollar: Fabian Orelyana (15) 1:0, Karlos Kastro (65) 1:1, Nolito (54) 2:1

Xetafe” — “Vilyarreal” 2:0
Gollar: Anxel Lafeta (21) 1:0, Alvaro Vaskes (51) 2:0

Rayl Valekano” — “Atletik B0:3
Gollar: Arits Aduris (1) 0:1, Arits Aduris (24) 0:2, Arits Aduris (60) 0:3

Top