14:20 / 30.11.2015
6816

Nazarboyev: boylik va hokimiyat hech kimga baxt keltirmaydi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning fikricha, fuqarolar boy bo‘lishni o‘rganishi lozim.
O‘zining millatga murojaatida chet elliklarning fe'l-atvorini o‘z fuqarolari bilan qiyoslab ko‘rdi.

“Chet elda millarderlar boyliklarini ko‘z-ko‘z qilmaydi, ayollar ulkan toshlarni taqib yurmaydi, kattakon mashinalarda yurmaydi. Bizda esa to‘rt qavatli uylar qurishadi. Tanklarga o‘xshagan mashinalar kerakmas. Mashinalar nimaga kerak? Yo‘l bosish qulay bo‘lishi uchun. Shuning uchun fuqarolarimiz boy bo‘lishni o‘rganishi lozim. Boylik va hokimiyat hech kimga baxt keltirmaydi. Barcha jahon faylasuflari boyliging xalq manfaatlariga xizmat qilgandagina, sen ulardan minnatdorchilik eshitsang, ana shundagina baxtli bo‘lishingni aytishgan”, - dedi Nazarboyev.

Bundan tashqari, Oq O‘rda rahbari shu kunlarda Olmaotadagi bir fabrikada bo‘lganini hamda o‘sha yerda tayyorlangan kostyum va oyoq kiyimini kiya boshlaganini aytdi.
“Nega men kichik bir fabrikaning mahsulotlarini kiya boshladim? Chunki ular ishlashni boshlayapti, chunki ular mahalliy mahsulot ishlab chiqarishga harakat qilmoqda, yosh qizlar va ayollarga ish bermoqda. Balki ular Chanel darajasiga javob bermas, lekin ularni kiyish mumkinku”, - ta'kidladi Qozog‘iston yetakchisi.

Top