12:57 / 30.11.2015
3107

Nazarboyev: Qozog‘iston de-yure Butunjahon savdo tashkiloti a'zosiga aylandi

Qozog‘iston Butunjahon savdo tashkilotining to‘laqonli a'zosiga aylandi. Bu haqda mamlakat rahbari Nursulton Nazarboyev an'anaviy yillik millatga murojaati chog‘ida aytib o‘tdi.

“Bugun, 30 noyabr kuni, Qozog‘iston de-yure BSTning to‘laqonli a'zosiga aylanadi. Bu haqda tashkilot bosh assambleyasining yig‘ilishida rasman e'lon qilindi”, - ta'kidladi u.
“Bu mustaqil Qozog‘iston tarixining muhim sanasi bo‘ldi”, - qo‘shimcha qildi Oq O‘rda rahbari.

Top