17:28 / 30.11.2015
3897

Nazarboyev: Tanganing erkin suzib yurishini cheklash bo‘lmaydi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mahalliy pul birligi – tanganing erkin suzib yurishini cheklash bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda RIA «Novosti» nashri xabar tarqatmoqda.

«Birinchidan, valyutaning «suzib yuruvchi» kursi sharoitida moliyaviy sektorning samarali faoliyat yuritishini ta'minlash kerak bo‘ladi. Milliy valyuta kursini to‘xtovsiz qo‘llab-quvvatlash milliy fond mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmaydi», — deya ta'kidladi Qozog‘iston rahbari.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, eng muhim vazifa bu – «moliyaviy tizimni tezda barqarorlashtirish va uni yangi global reallik bilan muvofiqlashtirish»

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 noyabrida Qozog‘iston tangasi o‘z tarixida eng minimal ko‘rsatkichga tushib, 1 AQSh dollari 303,55 tangani tashkil qilgandi.

Top