18:14 / 30.11.2015
5651

OAV: Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»ga qaytishga tayyor

«Real» jamoasining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliyaga, «Manchester Yunayted» jamoasida o‘ynash uchun qaytmoqchi. Bu haqda The Sunday Mirror nashri xabar tarqatgan.

Qayd etish kerakki, futbolchi 2003 yildan 2009 yilgacha «Manchester Yunayted» safida o‘ynagan va 2009 yilda 80 mln funt evaziga madridliklar safiga kelib qo‘shilgandi.

Qayd etish kerakki, portugaliyalik futbolchi Benites bilan kelishmovchilik tufayli Madridni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Uning madridliklar bilan shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan.

Biroz oldinroq, futbolchining agenti Jorjye Mendesh o‘z mijozining PSJga o‘tishi haqidagi mish-mishlarni inkor etgandi.

Top