09:34 / 30.11.2015
2257

OAV: mashhur Bukingem saroyining oshxonasi xavfsizlik yuzasidan yopib qo‘yildi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning saroyidagi banketlar va yuqori martabali shaxslar uchrashuvi tashkillashtiriladigan rasmiy oshxonasi xavfsizlik yuzasidan yopib qo‘yildi. Bu haqda Daily Telegraph gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning ma'lum qilishicha, o‘tgan oy Xitoy yetakchisi Si Tszinpin sharafiga ziyofat o‘tkazilgan zal tekshirish paytida yopib qo‘yilgan. Tekshirish xona shiftidagi shubhali omil sabab o‘tkazilgan. Saroy matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, xonaga kirishga imkon qachon bo‘lishi noma'lum, bu muammoning nechog‘li jiddiy ekanligiga bog‘liq.

Tekshirish davomida xonaga tutash qo‘shni xona ham tekshirilganida unda xavf sezilmagan. Ma'lum qilinishicha, qirolichaning diplomatik qabullari va rasmiy marosimlar qo‘shni xonada o‘tkaziladi.

Top