19:32 / 30.11.2015
13341

Obama va Putinning Parijdagi uchrashuvi yarim soatdan ortiq vaqt davom etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Barak Obama Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Iqlimiy anjumani doirasida uchrashishdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralar yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan va 1 soatga yaqin vaqt davom etgan.

Kunning birinchi yarmida, Putinning matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskov ikki tomon o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan uchrashuv haqida ma'lumot bergandi.

Peskov Parijda Putin Obama bilan uchrashuv o‘tkazmasligi aniqligi haqida aytgan.

Undan oldinroq, esa Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov Antalyadagi G20 sammiti vaqtida ham bu ikki siyosatchi oldindan rejalashtirmagan holda uchrashishganini eslab, bu safar ham shunday eehtimol yo‘q emasligini bildirgandi.

Bugun, 30 noyabr kuni Fransiya poytaxti Parijda maxalliy vaqt bilan soat 11:00da (Toshkent vaqti bilan 15:00) BMTning iqlim o‘zgarishlari masalalariga (COP-21) bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini rasman boshladi.

Unda dunyoning 140dan ortiq mamlakatlaridan vakillar ishtirok etishmoqda.

Sammit arafasidagi ommaviy suratga tushish marosimida Vladimir Putin ishtirok etmagan.

Top