12:57 / 30.11.2015
39510

O‘zbekistonning sobiq bosh vaziri O‘tkir Sultonov olamdan o‘tdi

29 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekistonning sobiq bosh vaziri O‘tkir Sultonov 76 yoshida vafot etdi. Uning dafn marosimi yakshanba kuni o‘tkazildi.

O‘tkir Sultonov 1995-2003 yillarda O‘zbekiston hukumatini boshqargan, ungacha Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri va bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgandi.

2003-2006 yillarda u yana O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan, 2006 yildan 2011 yilgacha Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi (GAO «TAPOiCh») bosh direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgandi.

Kun.uz sayti marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Top