08:26 / 30.11.2015
2439

Parijda Iqlim o‘zgarishlariga qarshi namoyish ishtirokchilarining 200dan ortig‘i qo‘lga olindi

Parijda boshlangan Iqlimiy sammitga qarshi namoyish oxiri tartibsizlik bilan yakunlandi va politsiya 208 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Itele telekanal efirida Fransiya IIV rahbari Bernar Kaznyov ma'lum qilgan.

Uning aytishicha qo‘lga olinganlardan 174 nafari hibs qilingan.

Dastlabki xabarlarda ushbu namoyish natijasida 100dan ortiq kishi qo‘lga olingani xabar qilingandi. Parij politsiyasi boshlig‘i Mishel Koddo shahardagi favqulodda vaziyat tartibini buzgan 300ga yaqin kishining shaxsi aniqlangani haqida aytgan.

Iqlim o‘zgarishlari masalalari bo‘yicha konferensiya Parijda 30 noyabrdan 11 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 147 davlati rahbarlari ishtirok etadi. Sammitda Kioto protokoli o‘rniga yangi hujjat qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Top