12:24 / 30.11.2015
3159

Parijdagi namoyishchilarning 289 nafari hibsga olindi

Parijdagi Iqlimiy sammitga qarshi namoyish vaqtida qo‘lga olinganlar soni 289 nafarga yetdi. Bu haqda Europe1 xabar tarqatgan. Bu ma'lumot Fransiya IVV rahbari Bernar Kaznyov ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Parijdagi favqulodda vaziyat tartiblariga amal qilishmagan.

Dastlabki ma'lumotlarda namoyishchilarning 208 nafari qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Tashkilotchilarning ma'lumotiga ko‘ra, Paragvaydan Avstraliyagacha bo‘lgan hududlarda o‘tkazilgan Iqlimiy sammitga qarshi namoyishlarda jami 570 ming nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.

Iqlim o‘zgarishlari masalalari bo‘yicha konferensiya Parijda 30 noyabrdan 11 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 147 davlati rahbarlari ishtirok etadi. Sammitda Kioto protokoli o‘rniga yangi hujjat qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Top