20:46 / 30.11.2015
7700

Stoltenberg: Su-24 Turkiya havo hududini buzgan

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti urib tushirilishidan oldin Turkiya havo hududini buzganini aytdi.

“Bizda o‘zimizning axborot manbalarimiz bor va ular bergan ma'lumotlar Turkiya taqdim qilgan ma'lumotlar bilan mos kelmoqda. Chegara buzilgan va bu birinchi marta yuz bermagan, Turkiya o‘z havo hududi va chegaralarini himoya qilishga haqli”, deb aytdi Stoltenberg Bryusselda jurnalistlarga.

Stoltenbergning aytishicha, NATOning vazifasi Rossiya-Turkiya munosabatlarida keskinlikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.

“Biz vaziyatning yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Turkiya va Rossiya o‘rtasida aloqa o‘rnatishga yordam berishimiz kerak”, deb ta'kidlab o‘tdi Stoltenberg.

Top