22:12 / 30.11.2015
7562

Su-24 uchuvchisi tobutini Shoygu boshchiligidagi harbiylar kutib olishdi

Suriyada urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchuvchisi Oleg Peshkovning jasadi solingan samolyot Turkiyadan Moskvaga uchib keldi va Chkalovskiy aerodromiga qo‘ndi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

Samolyotni Rossiya mudofaa ishlari vaziri Sergey Shoygu hamda Rossiya HHK bosh qo‘mondoni, general-polkovnik Viktor Bondaryov rahbarligidagi harbiylar kutib olishdi.

Qayd etilishicha, marhum uchuvchini olib kelayotgan samolyot qiruvchi samolyotlar hamrohligida aerodrom hududiga kirib kelgan.

Marhumning qarindoshlari iltimosiga ko‘ra u Lipetskdagi qabristonga dafn qilinishiga kelishilgan.

Biroz oldinroq, Turkiya Oleg Peshkoning tobutini Suriyadan olib chiqib, Moskvaga jo‘natgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni Suriya osmonida urib tushirilgan Su-24 bombardimonchi samolyoti Suriyaning Lataqiya viloyati hududiga, Turkiya chegarasiga yaqin bo‘lgan hamda Rossiya aviatsiyasi bazasi joylashgan hududga qulagandi.

Samolyotni urib tushirgan Turkiya tomoni samolyot o‘z havo kengliklarini buzib o‘tganlikda ayblab urib tushirgan.

Moskva tomoni esa bu ayblovni tan olmagan.

Top