09:44 / 30.11.2015
1832

Tailandda avtobus ag‘darilib ketdi: 2 yo‘lovchi halok bo‘ldi, 49 kishi jarohatlandi

29 noyabr kuni Tailandning markaziy qismida joylashgan Angtxong provinsiyasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, 49 kishi, jumladan, bir qancha xorijliklar jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar berdi.

Avtobus haydovchisining huquq-tartibot xodimlariga ma'lum qilishicha, transport vositasi katta yo‘l bo‘ylab katta tezlikda harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. Boshqaruv vaqtida mudrab qolishi oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan. Yo‘lovchilar qutqaruvchilar kelguniga qadar mustaqil ravishda tashqariga chiqa olishmagan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, shimoldagi Chiangmay shahridan Bangkokka yo‘l olgan avtobus yo‘lovchilari orasida besh nafar xorij mamlakati fuqarosi bo‘lgan, ularning barchasi jarohat olgan. Jabrlanganlarning millati oshkor qilingani yo‘q.

Top