11:09 / 30.11.2015
5316

Toshkentda chaqiruv bo‘yicha kelgan tez yordam xodimi bemorning tilla buyumlarini o‘g‘irlab ketdi

Toshkentda chaqiruv bo‘yicha kelgan tez yordam xodimi bemorning tilla buyumlarini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, bir kuni yarim tunda Ivan ismli 35 yoshli shaxsning qon bosimi oshib, u tez tibbiy yordam chaqirgan. Tez yordam mashinasida yetib kelgan shifokor mijozining qo‘lida qimmatbaho buyumlar borligini ko‘rib, unga behush qiladigan dorilar emlagan.
Nomi keltirilmayotgan shifokor hushidan ketgan mijozning 2.13 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan. Ammo huquq-tartibot xodimlari uning jinoiy harakatlarini tezda fosh etdi.

Top