00:12 / 30.11.2015
15549

Turkiya bosh vaziri Rossiya tomonidan qo‘llanilgan sanksiyalarni tanqid qildi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Rossiya tomonining rasmiy Anqaraga qo‘llagan iqtisodiy sanksiyalarini tanqid qildi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatlarni qo‘llashdan oldin Su-24 bilan bog‘liq voqealarning oldini olish zarur edi.

“Nafaqat Turkiyaning Rossiya tomoniga iqtisodiy qiziqishi bor, balki bu holatdan Rossiya ham mustasno emas” — dedi Dovudo‘g‘li.

U Rossiya hukumati oqilona harakatlar olib borishini Turkiya kutayotganini qo‘shimcha qilgan.

Top