21:01 / 30.11.2015
5858

Turkiya bosh vaziri: Rossiyaning sanksiyalar kiritish borasidagi harakatlari uning o‘z pozitsiyasiga ziddir

Turkiya bosh vaziri Axmet Dovuto‘g‘lu Rossiya Turkiyaga nisbatan iqtisodiy choralarni qayta ko‘rib chiqishiga umid bildirdi. Uning fikricha, bu sanksiyalar o‘zaro manfaatlarga ziddir”, deb xabar berdi RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Biz oldinroq iqtisodiy choralarga qarshi chiqdik. Sanktsiyalardan jabr ko‘rgan va shu bilan birga ularni Turkiyaga nisbatan qo‘llayotgan Rossiyaning harakatlari uning o‘z pozitsiyasiga ziddir. Iqtisodiy aloqalar ikki tomon uchun juda muhimdir”, deb aytdi siyosatchi.

Dovuto‘g‘lu Turkiya Rossiya fuqarolariga qarshi hech qanday taqiqlov kiritmaslikka va'da berdi. “Biz Rossiya xalqiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi harakatlarni amalga oshirmaymiz. Rossiya xalqi bizning xalq uchun – do‘st. Antaliya ko‘pgina rossiyaliklar uchun ikkinchi uy bo‘lib qolgan, biz rossiyalik sayyohlarni kutamiz. Ikki tomon manfaati yo‘lida harakat qilish kerak. Biz suhbatga, kelajakdagi munosabatlarimizni muhokama qilishga tayyormiz, biroq biz o‘z chegaralarimizni himoya qilib o‘z burchimizni bajardik”, deb aytdi Dovuto‘g‘lu.

Avvalroq Vladimir Putin Turkiyaga nisbatan maxsus iqtisodiy choralar kiritish haqidagi farmonni imzolagandi. Hujjat deyarli turk biznesiga qarshi sanksiyalar kiritadi: Turkiyadan mahsulotlar olib kirish va turklarning Rossiyada ishlashi taqiqlanadi.

Top