21:35 / 01.12.2015
7698

1 dekabrdan Rossiya va Turkiya o‘rtasida charter tashishlarga taqiqlov kiritildi

2015 yilning 1 dekabridan Rossiya va Turkiya o‘rtasida charter havo tashishlarga taqiqlov kiritildi. Bu haqda Rossiya hukumati saytidagi xabarda ma'lum qilindi.

“Transport vazirligiga 2015 yil 1 dekabrdan Rossiya va Turkiya o‘rtasida, Turkiyada bo‘lgan sayyohlarni qaytarish uchun maxsus reyslardan tashqari, charter havo tashishlariga taqiqlov kiritish hamda Turkiya bilan muntazam havo aloqasida transport xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralarni ko‘rish yuklatilsin”, deyilmoqda xabarda.

Qaror Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev tomonidan imzolangan.

Top